Samsung Galaxy S27 Ultra tungi tasvirga olish uchun yaxshilangan kameraga ega boʻlishi mumkin
Insayder Ice Universe maʼlumotlariga koʻra, Samsungʻning yangi flagmani kam yorugʻlik sharoitida olingan tungi fotosuratlar va videolar sifati boʻyicha sezilarli oʻsishga erishadi.

Samsung Galaxy S27 Ultra qorongʻida yorqinroq va batafsilroq suratlar olish imkonini beradigan, sezilarli darajada yaxshilangan asosiy kameraga ega boʻlishi mumkin. Ayniqsa, kam yorugʻlik sharoitida video tasvirga olishda yaqqol progress kutilmoqda.
Bu haqda taniqli insayder Ice Universe X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, yangi kamera tungi suratga olish sifati boʻyicha avvalgi kameradan ancha ustun.
Shu bilan birga, Samsung kameralar konfiguratsiyasini qayta koʻrib chiqishi mumkin. Avvalgi sizdirilgan maʼlumotlarga koʻra, Galaxy S27 Ultra uch karra optik zumga ega 12 megapikselli modul hamda lazerli avtofokus tizimisiz chiqariladi.
Galaxy S27 qatorida Ultra versiyasiga yaqin kameralar toʻplamiga ega boʻlishi aytilayotgan Pro modeli ham paydo boʻlishi kutilmoqda. Biroq u tungi suratga olishda yuqori darajadagi flagman bilan raqobatlasha oladimi-yoʻqmi, hozircha nomaʼlum.
Galaxy S27 seriyasining taqdimoti 2027-yil boshida kutilmoqda. Samsung hozircha boʻlajak smartfonlarning xususiyatlarini rasman tasdiqlamadi.



