Canva foydalanuvchilarga generativ AI funksiyalarining aksariyatini oʻchirish imkonini beradi
Canva Free va Pro foydalanuvchilariga ikki sozlama beradi: generativ funksiyalarni oʻchirish va kutubxonada AI-kontent koʻrsatilishini kamaytirish.

Birinchi sozlama platformaning generativ funksiyalarini toʻliq oʻchiradi. Ikkinchisi Canvaʼda AI yordamida yaratilgan rasmlarning kutubxonadagi qidiruv natijalarida paydo boʻlish ehtimolini kamaytiradi, ammo ularni u yerdan butunlay olib tashlamaydi.
Ayrim tahrirlash vositalari, jumladan Background Remover va Magic Grab, sozlamalar oʻchirilganida ham ishlashda davom etadi. Canva ularni generativ boʻlmagan vositalar deb hisoblaydi: ular allaqachon mavjud tasvirni qayta ishlaydi, natijaga esa metamaʼlumotlarda AIʼdan foydalanilgani haqida belgi qoʻyilmaydi.
Har ikki sozlama «Profil» yorligʻida joylashgan. Platforma funksiyalarini boshqarish ruxsatlar boʻlimidagi «Enable generative AI features» bandi orqali amalga oshiriladi. Kutubxona parametri esa «Your Account» menyusining AIʼni shaxsiylashtirish boʻlimida joylashgan.



