RUUZEN
Oʻyinlar

Sony PlayStationʼning yana bir koʻp oʻyinchili eksklyuzivi — Fairgames ishlab chiqilishini bekor qildi

Haven Interactive Studios loyihasi muvaffaqiyatsiz testdan soʻng yopildi, jamoa esa boshqa studiyalarni qoʻllab-quvvatlashga oʻtkaziladi.

11-noyabr, 20:47По-русски

Read in English

Sony Interactive Entertainment Kanadaning Haven Interactive Studios studiyasi ishlab chiqayotgan Fairgames koʻp oʻyinchili shuterini ishlab chiqishni toʻxtatdi. Loyiha bekor qilingani haqida Bloomberg jurnalisti Jeyson Shrayyer xabar berdi. Uning maʼlumotlariga koʻra, yaqinda oʻtkazilgan yopiq test kompaniya kutgan natijani bermagan.

PlayStation Studios rahbariyati oʻyin oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishmaganini tan oldi. PvP-shuterlar bozoridagi murakkab vaziyat ham qoʻshimcha omil boʻlgan. Shu bilan birga, Havenʼda ommaviy ishdan boʻshatishlar rejalashtirilmagan: studiya boshqa jamoalarga yordam berishga yoʻnaltiriladi.

Fairgames 2023-yil may oyida taqdim etilgan edi. Oʻyin PC va PlayStation 5 uchun ishlab chiqilayotgan, biroq anonsdan keyin deyarli omma oldida koʻrinmagan. 2026-yil kuzida loyiha Project Espresso kod nomi ostida yopiq testdan oʻtkazilgan.

Loyihaning bekor qilinishi PlayStationʼning amalga oshmay qolgan servis oʻyinlari roʻyxatini kengaytirdi. Avvalroq kompaniya The Last of Us Online, koʻp oʻyinchili Spider-Man: The Great Web va yana qator boshqa loyihalardan voz kechgan edi. Ushbu strategiyaning kam sonli muvaffaqiyatli natijalaridan biri Helldivers 2 boʻldi.