Samsung 1100 Gts gacha yangilanish chastotasiga ega Odyssey G6’ni chiqardi
Samsung 27 dyuymli Odyssey G6 (G60H) monitorini sotuvga chiqardi. U HDʼda 1100 Gts gacha, asl QHD aniqligida esa 600 Gts gacha ishlaydi.

Odyssey G6’da javob berish vaqti 1 ms (GtG) deb koʻrsatilgan Fast IPS paneli oʻrnatilgan. Dual Mode funksiyasi 600 Gts chastotali QHD va 1100 Gts chastotali HD rejimlarini tanlash imkonini beradi. Ikkinchi rejimdagi aniqlik 1280 × 720 pikselni tashkil etadi.
Monitor Odyssey Clear Motion texnologiyasiga ega. U dinamik sahnalardagi xiralashishni kamaytirish uchun tasvirni qayta ishlash algoritmidan foydalanadi. Samsung bu funksiyani boshqa oʻyin monitorlariga ham qoʻshmoqchi, biroq ularning roʻyxatini hozircha oshkor qilmadi.
Qurilma Nvidia G-Sync va AMD FreeSync Premium, shuningdek HDR10+ Gaming, Black Equalizer va Auto Source Switch+ funksiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Ulanish uchun DisplayPort 2.1 va HDMI 2.1 portlari mavjud. Taglik balandlik, egilish va burilish boʻyicha sozlanadi, ekran esa albom yoʻnalishidan portret yoʻnalishiga oʻtkazilishi mumkin.
Kompaniya turli hududlar uchun yagona narx va sotuv boshlanish muddatlarini maʼlum qilmadi. Eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, AQShda monitor $899,99 turadi va 2026-yil dekabrida sotuvga chiqadi. Samsung Yevropa uchun narxni hozircha aytmadi. Bundan tashqari, macOS Dual Mode va maksimal 600 Gts yangilanish chastotasini qoʻllab-quvvatlamaydi.



