Samsung, TCL va Sony kompaniyalarining 2026-yildagi toʻrtta eng yaxshi televizori maʼlum qilindi
Mutaxassislar turli narx toifalaridagi modellarni taqqoslab, tasvir sifati va funksionalligi eng yaxshi boʻlgan qurilmalarni ajratib koʻrsatdi.

Roʻyxatdan Samsung S90H OLED, TCL QM6K QLED, Sony Bravia 9 II va TCL QM7L SQD joy oldi. Tanlovda tasvir sifati, foydalanish qulayligi, oʻyin imkoniyatlari, shuningdek, narx va texnik xususiyatlar nisbati hisobga olindi.
Eng yaxshi universal televizor deb OLED-ekranli, yangilanish chastotasi 165 Gts gacha va maksimal yorqinligi 1440 nit boʻlgan Samsung S90H topildi. Model samarali yaltirashga qarshi qoplama va Tizen platformasiga ega. Ekran diagonali 65 dyuym boʻlgan versiyasining narxi taxminan $1498 ni tashkil etadi.
Byudjet segmentida narxi taxminan $648 boʻlgan TCL QM6K ajratib koʻrsatildi. Televizor Mini LED yoritish tizimiga ega QLED-panel bilan jihozlangan, 144 Gts gacha yangilanish chastotasini qoʻllab-quvvatlaydi va Gemini sunʼiy intellekt yordamchisiga ega Google TV platformasida ishlaydi.
Yorugʻ xonalar uchun True RGB texnologiyasiga va maksimal yorqinligi 4122 nitga ega Sony Bravia 9 II tavsiya qilindi. Uning 65 dyuymli versiyasi narxi taxminan $3600 ni tashkil etadi.
Reytingdagi toʻrtinchi model TCL QM7L SQD boʻldi. Uning narxi taxminan $1200 boʻlib, televizor 144 Gts yangilanish chastotasini qoʻllab-quvvatlaydi va 2400 nitgacha yorqinlikni taʼminlaydi.



