Teyonah Parris va Danielle Brooks Kennedy Ryan romani asosidagi serialda rol ijro etadi
«WandaVision» va «Peacemaker» yulduzlari Peacockʼning yangi loyihasiga qoʻshildi.

Teyonah Parris bosh ayol roliga tasdiqlandi, Danielle Brooks esa Peacock platformasi tayyorlayotgan «Before I Let Go» serialining asosiy aktyorlar tarkibiga kirdi. Loyiha yozuvchi Kennedy Ryanning shu nomdagi romaniga asoslangan.
Parris ogʻir voqealar ketma-ketligidan soʻng ajrashib ketgan muvaffaqiyatli ona va restoran egasi Yasmen Wade rolini ijro etadi. Ajralish va farzandlar ustidan birgalikdagi vasiylikka qaramay, u bilan sobiq eri Josiah oʻrtasida hamon his-tuygʻular saqlanib qolgan. Qahramon munosabatlarni qaytadan boshlash mumkinmi, degan savolga javob izlaydi.
Brooks Yasmenning eng yaqin dugonasi, muvaffaqiyatli tadbirkor ayol hamda yaqinlari va sevgan mashgʻulotlariga oʻzini bagʻishlagan Hendrix Barry rolini ijro etadi.
Serial ijodkorlari — Kennedy Ryan va Malcolm D. Lee. «From Scratch» seriali bilan tanilgan ssenariynavislar Attica Locke va Tembi Locke shou-ranner lavozimlarini egallaydi. Ijrochi prodyuserlar qatoridan John Legend va Debra Martin Chase ham joy olgan. Premyera sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.



