RUUZEN
Kino va striming

Disney+ vertikal videolar, blogerlar kontenti va reklama asosidagi bepul tarifni qoʻshadi

Disney qisqa videolar, kontent yaratuvchilar materiallari va reklama bilan bepul foydalanish imkoniyatini qoʻshib, Disney+ imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

11-noyabr, 14:58По-русски

Read in English

Business Insider tanishgan kompaniyaning ichki taqdimotiga koʻra, Disney 2027-moliya yilida platformadagi vertikal videolar sonini kuniga 500 tagacha oshirmoqchi. Hozir kompaniya har kuni 150 ga yaqin shunday video eʼlon qilishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik servisda sport va yangiliklar kliplari, qisqa seriallar hamda mustaqil kontent yaratuvchilar materiallari ham paydo boʻladi. Mustaqil ijodkorlar kontenti 2027-yil boshidan integratsiya qilina boshlaydi.

Yana bir yoʻnalish — bepul tarifni ishga tushirish boʻladi. U FAST-kanallarni — reklama bilan kontent uzluksiz namoyish etiladigan kanallarni, shuningdek, Disney+ katalogidagi ayrim materiallarni bepul koʻrish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.

Bundan tashqari, platforma 2027-yil fevralida Super Bowl musobaqasini AQShda ilk bor jonli efirda namoyish etadi. Kompaniya translyatsiyani minimal kechikish bilan 4K HDR formatida taʼminlashni rejalashtirmoqda.

Disney, shuningdek, Project Gemini loyihasi doirasida Disney+ va Hulu servislarini birlashtirish ishlarini davom ettirmoqda. Kelgusida foydalanuvchilar ikkala servis kontentidan yagona ilova orqali foydalanishlari mumkin boʻladi. Kompaniya platformani qoʻshimcha imkoniyatlar, jumladan, oʻyinlar va tovarlar xaridi bilan kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Yana oʻqing