RUUZEN
Sunʼiy intellekt

Mask oʻzining sunʼiy intellekti ortda qolganini tan olib, quvvatlarni ijaraga berishga bel bogʻladi

Ilon Mask SpaceXʼning sunʼiy intellekt boʻlinmasi ilgʻor modellarni ishlab chiqishda raqiblaridan ortda qolayotganini tan oldi va xodimlarga hisoblash quvvatlarini ijaraga berishga eʼtibor qaratishni buyurdi.

24-noyabr, 11:47По-русски
techtimes.com

Bu haqda The New York Times yozmoqda.

Endilikda Mask uchun asosiy koʻrsatkich neyron tarmoqlar testlari natijalari emas, balki har bir GPUʼdan olinadigan daromad boʻldi. Avgust oyida u hatto muhandislarning ishchi chatini «Raqobatlasha olmaganimiz uchun hisoblash quvvatlarini soting» deb qayta nomladi.

SpaceXʼning eng yirik mijozi — 2029-yilgacha umumiy qiymati 120,5 mlrd dollargacha boʻlgan shartnomalar asosida quvvatlarni ijaraga olayotgan Anthropic kompaniyasi. Dekabr oyida barcha resurslar topshirilgach, oylik toʻlovlar 3,1 mlrd dollargacha oshishi mumkin. Google ham SpaceX quvvatlarini ijaraga oladi. NYT maʼlumotlariga koʻra, sunʼiy intellekt yoʻnalishi allaqachon butun kompaniya daromadining yarmidan koʻprogʻini keltirmoqda.

Shu bilan birga, ichki loyihalar qisqartirilmoqda. Sentabr oyida SpaceX sunʼiy intellekt asosidagi hamrohlar yoʻnalishini yopdi va 60 kishidan iborat Grok Imagine tasvir va video generatori jamoasini tarqatib yubordi. Kompaniya Memfisdagi Colossus superkompyuterining hisoblash quvvatlarining katta qismini tashqi mijozlarga ijaraga berdi, chunki unda oʻz modellarini oʻqitish texnik jihatdan murakkab boʻlib chiqdi.

Morningstar tahlilchisi Nikolas Ouensning fikricha, hozir SpaceX ijara xizmatidan Grok chatbotiga qaraganda ancha koʻproq daromad olyapti, biroq shu tariqa Maskning bevosita raqiblariga yordam bermoqda. Maskning oʻzi esa Anthropicʼga yana 10 GVtgacha quvvat kerak boʻlishini kutmoqda.