Olti ekspert ong, qadriyatlar va AI kelajagini muhokama qildi
Fortune AI kompaniyalari rahbarlari, tadqiqotchilar, futuristlar va faylasuflardan iborat olti mutaxassisning mashinalar ongi, qadriyatlari va miya bilan ehtimoliy birlashuvi haqidagi fikrlarini jamladi.

Anthropic hammuassisi va bosh direktori Dario Amodei Claude konstitutsiyasi axloqiy, vazmin va mulohazali suhbatdosh obrazini shakllantiradi, deb hisoblaydi. OpenAI bosh direktori Sam Altman AIʼni insoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirishni hali hal etilgan masala deb boʻlmasligidan ogohlantirdi, chunki odamlar bu borada turlicha qarashlarga ega boʻlishi mumkin.
Futurist va tadqiqotchi, Subsense kompaniyasi maslahatchisi Rey Kurtsveyl miya va mashinalarni birlashtirishni inson tafakkurini kengaytirish qobiliyatining davomi deb biladi. Center for the Future of AI, Mind & Society direktori va faylasuf Syuzan Shnayder esa radikal kuchaytirishni jiddiy xavf deb hisoblaydi: koʻplab oʻzgarishlardan soʻng inson oʻzligicha qolmasligi mumkin.
Google DeepMind faylasufi va Kembrij universiteti professori Genri Shevlin AIʼning murakkab tafakkuri va potensial ongi haqida dalillar koʻpayayotganini taʼkidlaydi. Microsoft AI bosh direktori Mustafa Suleyman esa tizimlarda ong, his-tuygʻular, iztirob, afzalliklar yoki motivatsiya yoʻqligini qatʼiy aytadi. Uning fikricha, shunday boʻlib qolishi kerak, aks holda jamiyatning siyosiy va axloqiy asoslari oʻzgaradi.



