RUUZEN
Gadjetlar

Huawei Watch 6 Chaykinning mexanik soatlari asosidagi siferblatlar bilan toʻldirildi

Aqlli soat egalari uchun toʻrtta yangi bezak taqdim etildi. Ular orasida «U» va «Alisa moʻjizalar mamlakatida» asarlaridagi personajlar ham bor.

9-noyabr, 12:00По-русски

Read in English

ixbt.com — Huawei/Константин Чайкин

Konstantin Chaykin oʻzining yana toʻrtta noodatiy soat obrazini Huawei Watch 6 ekranlariga koʻchirdi. Yangi toʻplamga «Boʻri», «Masxaraboz», «Zebra» va «Oq quyon» kiradi. Bu siferblatlarda odatiy strelkalar va standart indikatorlar oʻrniga muallifning mexanik modellari uchun xos, osongina taniladigan detallar qoʻllangan.

Dizaynlardan biri Stiven Kingning «U» romanidagi masxaraboz Pennivayz obraziga ishora qiladi. Bu model avvalroq Chaykinga soatsozlik sanʼati boʻyicha Jeneva grand-prisining nufuzli mukofotini olib kelgan. Yana bir siferblat Lyuis Kerrollning ertagidagi Oq quyonga bagʻishlangan: original soatda uning koʻzlari soat va daqiqalarni koʻrsatadi.

Bu soatsozning Huawei bilan hamkorligidagi ikkinchi bosqichdir. 2025 yilda Watch 5 uchun «Joker classic», «Kolobok-2» va «Panda»ning raqamli versiyalari paydo boʻlgan. Yangi bezaklar Watch 6 uchun moʻljallangan, avvalgi toʻplam esa Watch GT 7 turkumidagi qurilmalarda ham mavjud.

Yana oʻqing