Sunʼiy yoʻldosh Yaponiya sohilidagi Ioto oroli yaqinida 50 gektar quruqlik paydo boʻlganini aniqladi
Yaponiya sohilidagi Ioto oroli yaqinida suvosti vulqonining otilishi mavjud sohilga qoʻshilgan qariyb 50 gektar yangi quruqlikni hosil qildi.
26-noyabr, 14:19По-русски

Landsat-9 sunʼiy yoʻldoshi yangi quruqlik qismini 2026-yil 11-noyabr kuni ilk bor qayd etdi. 26-oktabrdagi suratda sohil yaqinida hali hech qanday oʻzgarish koʻrinmagan.
Noyabr oʻrtalarida Yaponiya qirgʻoq qoʻriqlash xizmati mavjud sohilga qoʻshilgan ushbu hudud hosil boʻlganini tasdiqladi. Dastlabki baholashga koʻra, qirgʻoq hududining maydoni taxminan 50 gektarga kengaygan, orol hududi esa 1,7 foizga oshgan boʻlishi mumkin.



