RUUZEN
Gadjetlar

Nega quloq ichiga taqiladigan quloqchinlar quloq ustiga taqiladigan naushniklardan koʻpincha arzonroq?

2025-yilda true wireless modellar bozor daromadining 68,2 foizini egalladi, ularning ixchamligi va texnologiyalarning rivojlanishi esa ommalashuviga turtki berdi.

27-oktabr, 16:28По-русски

Quloq ichiga taqiladigan quloqchinlarni ishlab chiqarish odatda sodda va arzonroq: ularda detallar kamroq boʻladi, korpusiga esa sozlanadigan boshband va yumshoq quloq yostiqchalari kerak emas. Quloq ustiga taqiladigan modellarda koʻproq ishlatiladigan yirikroq dinamiklar ham narxni oshirishi mumkin, deyiladi audio brendi Soundcore blogida.

Ishlab chiqarish koʻlami ham narxga taʼsir qiladi. Kompaniyalar oʻzlari ishlab chiqqan konstruksiyalar oʻrniga Xitoy fabrikalarining tayyor konstruksiyalaridan foydalanishi mumkin, funksiyalari kam boʻlgan modellar esa arzonroq turadi.

Quloq ichiga taqiladigan quloqchinlar kamroq joy egallaydi, biroq ayrim foydalanuvchilarga quloq ustiga taqiladigan naushniklarni uzoq vaqt taqib yurish qulayroq. Faol shovqinni bostirish funksiyasi qurilmalarning har ikki turida ham uchraydi, ammo quloq ichiga taqiladigan quloqchinlarda uning samaradorligi mos tushish darajasiga koʻproq bogʻliq boʻlib, odatda pastroq boʻladi.

Yana oʻqing