Honor 13 500 mA·soatlik batareyali, 7 dyuymli Xʼni tayyorlamoqda
Digital Chat Station maʼlumotiga koʻra, Honor Xʼni Xitoy Yangi yiliga qadar taxminan 13 500 mA·soatlik batareya bilan chiqarishni rejalashtirmoqda. Power 3 ham ishlab chiqilmoqda.

Honor X seriyasining yangi oʻrta toifadagi smartfonini tayyorlamoqda. U taxminan 13 500 mA·soatlik batareya va diagonali 6,96 yoki 7 dyuymli ekranga ega boʻladi. Kompaniya rejasiga koʻra, qurilmaning asosiy ustunligi uzoq vaqt avtonom ishlashi boʻladi.
Shu bilan birga, Honor Power 3 modeli ham ishlab chiqilmoqda. U ham taxminan 7 dyuymli displey va sigʻimi oshirilgan batareya oladi, biroq unumdorligi yuqoriroq protsessorda ishlaydi. Modelning boshqa xususiyatlari hozircha oshkor qilinmagan.
Insayder, shuningdek, Honor Xitoy Yangi yilidan keyin keng formatli buklanadigan smartfon chiqarishini kutmoqda. Bundan tashqari, 2027 yilning birinchi yarmiga noodatiy keng monoblokni chiqarish dastlabki reja asosida belgilangan. U nostandart tomonlar nisbatiga ega boʻladi.



