Snapchat nihoyat akkauntdagi umumiy doʻstlarni koʻrishni osonlashtirdi
Snapchat Mutual Friends funksiyasini ishga tushirdi: endi umumiy doʻstlar foydalanuvchi profilida koʻrinadi. U AQSh, Avstraliya, Fransiya va Shvetsiyada ikki tomon roziligi bilan mavjud.
18-noyabr, 10:57По-русски

newsroom.snap.com
Yangi funksiya Snapchat ishga tushirilganidan 15 yil oʻtib paydo boʻldi. Umumiy doʻstlar roʻyxati boshqa foydalanuvchining profilida, masalan, uning doʻstlik soʻrovini qabul qilishdan oldin koʻrinadi.
Opsiya maxsus bildirishnoma orqali yoqiladi va sukut boʻyicha oʻchirilgan. Roʻyxat koʻrinishi uchun uni ikkala foydalanuvchi ham yoqishi kerak. Mutual Friends iOS va Android qurilmalarida AQSh, Avstraliya, Fransiya va Shvetsiyada mavjud. Funksiya boshqa mamlakatlarda qachon paydo boʻlishi hozircha nomaʼlum.



