RUUZEN
Gadjetlar

Sony Yaponiya uchun PlayStation Portalʼning alohida versiyasini chiqaradi

Yapon tilidagi interfeysga ega model 10-dekabr kuni 39 980 iyenaga (taxminan 252 dollar) sotuvga chiqadi. Qurilma bilan birga oʻyinlarni bulut orqali ishga tushirish imkonini beruvchi PlayStation Plus Premium obunasining bir oyi taqdim etiladi.

10-noyabr, 10:46По-русски

Read in English

Sony Interactive Entertainment PlayStation Portalʼning Yaponiyaga moʻljallangan Midnight Black rangidagi versiyasini taqdim etdi. Uning narxi Yaponiyadagi standart model narxi bilan bir xil boʻladi. Qurilma 1080p aniqlikdagi LCD-ekranga ega boʻlib qoladi va uyda joylashgan PS5’dagi oʻyinlarni Wi-Fi orqali translatsiya qilish imkonini beradi.

Polygon maʼlumotlariga koʻra, yaponcha versiyada ichki xotira boʻladi. Nashr qurilma tavsifiga tayanib yozishicha, xotira kelajakdagi funksiyalarni hisobga olgan holda qoʻshilgan. U aynan nima uchun kerak boʻlishi hozircha nomaʼlum. Sony oʻyinlarni bevosita Portalʼga oʻrnatish va unda ishga tushirish imkoniyati haqida maʼlum qilmagan.

PlayStation Portal dastlab 2023-yilda PS5 bilan masofadan oʻynash uchun moʻljallangan qurilma sifatida chiqarilgan. Keyinroq Sony bulut orqali translatsiya funksiyasini qoʻshdi. PlayStation Plus Premium obunasi bilan Portal egalari PS5’lari boʻlmasa ham, Wi-Fi orqali qoʻllab-quvvatlanadigan oʻyinlarni bulutdan ishga tushirishlari mumkin.

Yana oʻqing