Samsung Galaxy A25, Galaxy A57 va Galaxy Z Fold7 uchun One UI yangilanishlarini tarqata boshladi
Kompaniya bir nechta smartfon modellari uchun noyabr oyidagi yangilanishlarni tayyorladi. Ular qatorida sunʼiy intellekt asosidagi yangi funksiyalar ham bor.

Samsung oʻz smartfonlari uchun bir nechta dasturiy taʼminot yangilanishlarini 16 noyabrda chiqarishni rejalashtirdi. Insayder Tarun Vats maʼlumotlariga koʻra, One UI 9 proshivkasi Galaxy A25 uchun taqdim etildi, Galaxy A57 esa noyabr oyidagi xavfsizlik yangilanishini oldi.
Yaqin vaqt ichida buklanadigan Galaxy Z Fold7 egalari ham Hindiston, Yevropa va boshqa mintaqalarda ushbu yangilanishni olishlari kutilmoqda.
Android 17 negizidagi One UI 9 kundalik xulosalarni shakllantirish uchun Now Brief, kontekstga mos tavsiyalar beruvchi Now Nudge va odamga avtomatik fokuslanadigan My FanCam kabi sunʼiy intellekt funksiyalarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, interfeys, tezkor sozlamalar paneli va virtual ish stollarini qoʻllab-quvvatlaydigan Samsung DeX rejimi yangilandi. Bundan tashqari, kamera imkoniyatlari hamda oʻgʻirlik va firibgarlikdan himoyalanish vositalari takomillashtirildi.



