RUUZEN
IT

Nvidia AMDdagi xatoni takrorladi: GeForce drayverlari SSDga ham ortiqcha yuk bera boshladi

GeForce videokartalari egalari Nvidia Display Container xizmati tizim SSDʼsiga uzluksiz yozayotganini bildirdi. Ayrim holatlarda faollik soatiga 30 Gbaytga yetgan.

19-noyabr, 11:04По-русски

Read in English

3dnews.ru

Muammo NVDisplay.Container.exe jarayoni va GeForce 621.14 drayveri bilan bogʻlanmoqda. U ProgramData papkasidagi nvlog.nvlgstg jurnal faylini tinimsiz qayta yozadi, shu sabab kompyuter bekor turganda ham yozish faolligi oshadi.

Foydalanuvchilardan biri besh daqiqa davomida kompyuter ishlatilmagan paytda jarayon qariyb 515 Mbayt maʼlumot yozganini bildirdi. 621.01 drayverida bu koʻrsatkich 2 Mbaytdan kam boʻlgan. Bu qiymatlar jarayonning oʻz ishini aks ettiradi va SSDga amalda yozilgan hajmga teng boʻlishi shart emas.

Video yozuvi va overlay oʻchirilganida ham nosozlik saqlanib qolishi mumkin. Ayrim foydalanuvchilarda ShadowPlay funksiyalarini oʻchirgach faollik kamaygan, boshqalarida esa yoʻq. Yuklamani Windowsʼning «Resurslar monitori»da «Disk» yorligʻi orqali NVDisplay.Container.exe jarayonini topib tekshirish mumkin.

Nvidia Display Container LS xizmatini toʻxtatish, jurnal faylini oʻchirish va xizmatni qayta ishga tushirish orqali yozishni vaqtincha kamaytirishga erishilgan. Foydalanuvchilar 621.01 drayveriga qaytganini ham bildirgan. Xizmatni toʻliq oʻchirish Nvidia boshqaruv paneli va Nvidia App ishiga xalaqit berishi mumkin. 621.24 drayveri izohlarida muammo tilga olinmagan, kompaniya hozircha ommaviy munosabat bildirmadi.