Google Pixel Journalʼga audio yozish va kundalikni ZIP-arxivga eksport qilish imkoniyatini qoʻshdi
Pixel Journal ilovasida ovozli yozuvlar qoʻshish va kundalik mazmunini rasmlar bilan birga eksport qilish imkoniyati paydo boʻldi.

Google raqamli kundalik yuritish uchun moʻljallangan Pixel Journal ilovasining yirik yangilanishini tarqata boshladi. 2026.10.27.x versiyasida audio yozish va foydalanuvchi yozuvlarini eksport qilish kabi bir nechta yangi funksiya paydo boʻldi.
Endi kundalikdagi element qoʻshish menyusi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ilovaning oʻzida audio yozish mumkin boʻladi. Bu funksiya avvaldan mavjud boʻlgan fotosuratlar, videolar, Health Connectʼdagi faollik maʼlumotlari, shuningdek, joylashuvni qoʻshish imkoniyatlarini toʻldiradi. Ovozli yozuvlarni matnga transkripsiya qilish ham qoʻllab-quvvatlanadi.
Biroq audio funksiyasi hozircha barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas: undan foydalanish uchun Pixel Recorder ilovasini ham yangilash kerak. Yangilanish maqola eʼlon qilingan paytda hali Google Playʼda paydo boʻlmagan edi.
Yana bir yangilik — butun kundalikni ZIP-arxivga eksport qilish imkoniyati. Arxivga barcha yozuvlar va rasmlar kiritiladi, matnli mazmun esa HTML formatida saqlanadi.
Pixel Journal yangilanishi Google Play orqali bosqichma-bosqich tarqatilmoqda.


