RUUZEN
IT

Pavel Priluchniy ishtirokidagi «Vinograd» serialining ikkinchi mavsumi suratga olinishi yakunlandi

Kion serialning davomi ustidagi ishlar yakunlanganini maʼlum qildi. Premyera sanasi hozircha oshkor etilmagan.

13-noyabr, 12:48По-русски

Read in English

Onlayn kinoteatr Kion Pavel Priluchniy ishtirokidagi «Vinograd» serialining ikkinchi mavsumi suratga olinishi yakunlanganini bildirdi. Serial davomi rejissyori sifatida loyihaning birinchi qismi ustida ham ishlagan Vladimir Shchegolkov yana ish olib bordi. Yangi qismlar qachon namoyish etilishi hozircha nomaʼlum.

Voqealar markazida xotiniga xiyonat qilganidan soʻng ishi, oilasi va avvalgi mavqeini yoʻqotgan muvaffaqiyatli top-menejer Yegor turadi. U oʻzi uchun qadrdon boʻlgan Anapaga qaytib, kutilmaganda uzumzorlar egasiga aylanadi va hayotini yangidan boshlash imkoniyatiga ega boʻladi.

Ikkinchi mavsumda qahramon erishishga intilgan barcha narsasini xavf ostiga qoʻyishiga toʻgʻri keladi. Priluchniydan tashqari, serialda Nino Ninidze va Sofya Sinitsina ham suratga tushmoqda.