RUUZEN
Internet

Google maktablarda qidiruvdan foydalanishni cheklagani uchun tanqid qilindi

Agar maktablar sunʼiy intellekt vositalarini joriy etishdan bosh tortsa, oʻquvchilar Google Searchʼdan foydalana olmaydi.

4-noyabr, 12:30По-русски

Google taʼlim muassasalari uchun yangi qoidalarni eʼlon qilganidan soʻng tanqidga uchradi. Kompaniyaning Gemini kabi sunʼiy intellekt xizmatlarini ulmagan maktablar Search qidiruv tizimidan foydalanish imkoniyatidan mahrum boʻladi.

Senator Berni Sanders bu qarorni «shantaj» deb atadi, AQSh Federal savdo komissiyasining sobiq rahbari Lina Xon esa Googleʼni monopol mavqeidan foydalanishda aybladi. Nyu-York meri Zoxran Mamdani korporatsiyalar maktablarga bolalarni qanday oʻqitishni buyurmasligi kerakligini bildirdi.

Pedagoglar tayyor sunʼiy intellekt javoblari oʻquvchilarning axborotni mustaqil izlashiga xalaqit berishidan xavotirda. Google maktablar Search va boshqa vositalarni alohida yoqishi mumkinligini tushuntirdi. Kompaniya, shuningdek, vazifalarning javobini shunchaki berish emas, ularni tushunib olishga yordam beradigan Guided Learning funksiyasini ishlab chiqmoqda.

Yana oʻqing