Volkswagen 328 ot kuchiga ega T-Roc Rʼni taqdim etdi
Volkswagen T-Roc Rʼning ikkinchi avlodini taqdim etdi: krossover 328 ot kuchiga ega va 100 km/soatga 5 soniyada chiqadi. Germaniyada oldindan buyurtmalar 2026-yil 19-noyabrda boshlanadi.

Yangi model yumshoq gibrid tizim va elektr kompressor bilan jihozlangan benzinli turbomotor bilan taʼminlangan. Elektr kompressor R modelida ilk bor qoʻllanildi. Volkswagen bayonotiga koʻra, bu avtomobilni past aylanishlarda ayniqsa tezkor qilishi kerak.
T-Roc Rʼning maksimal tezligi elektronika yordamida 250 km/soat bilan cheklangan. Standart jihozlar qatoridan launch control tez start tizimi, toʻliq yuritma va R-Performance burovchi momentni taqsimlash tizimi oʻrin olgan.
Rulda Race rejimini yoqish uchun R tugmasi mavjud. Shuningdek, DCC moslashuvchan sport shassisi hamda Special va Drift profillari taklif etiladi. Volkswagen krossoverni Yevropa bozoridagi markaning eng kuchli SUV modeli deb atamoqda.



