OpenAI AI taraqqiyotini baholash uchun yagona metrikani taklif qildi
OpenAI bosh ilmiy xodimi Yakub Pachotski AI taraqqiyoti uchun umumiy perplexity metrikasini taklif qildi. U keyingi token bashoratini baholaydi: koʻrsatkich past boʻlsa, model aniqroq.

OpenAI asosan perplexity logarifmini — yoʻqotish funksiyasi (cross-entropy loss)ni kuzatadi. Pachotski kuzatuviga koʻra, log-perplexity 0,8 dan pastlaganda modellarda matematika va kiberxavfsizlik boʻyicha yangi imkoniyatlar namoyon boʻla boshlagan, biroq ularning muayyan chegarada paydo boʻlishini oldindan bashorat qilib boʻlmagan.
Kompaniya bu koʻrsatkichdan ishlab chiquvchilar natijalarini taqqoslash va xavfsizlik standartlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanishni taklif qilmoqda. Ichki oʻlchovlarini oshkor qilgan, garchi bu raqobatchilarga uning modellarini baholashga yordam bersa ham. Pachotski yangi transformatsion imkoniyatlar paydo boʻlishini kutayotgan mezon sifatida 0,68–0,7 oraligʻidagi log-perplexityʼni koʻrsatdi. U mashinaviy taʼlimdagi tadqiqotlar 2027 yilning oʻzidayoq tezlashishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda.
Turli maʼlumotlar toʻplamlari va oʻqitish nisbatlari sababli bevosita taqqoslash hozircha qiyin. Perplexity amaliy qobiliyatlarni oʻlchamaydi va dastlabki oʻqitishdan keyingi yaxshilanishlarni, jumladan bosqichma-bosqich fikrlashdagi takomillashuvlarni hisobga olmaydi. Pachotski AI xatti-harakatlarini nazorat qilishning ishonchli usullari paydo boʻlmaguncha, ishlab chiquvchilar oshib oʻtmaydigan chegaralar boʻyicha kelishishni taklif qildi.



