LEGO Daft Punk toʻplamini taqdim etdi
Boʻlajak toʻplam Alive 2007 turidagi sahna konstruksiyasini qayta yaratadi
23-oktabr, 12:33По-русски
LEGO YouTubeʼdagi translyatsiya yakunida namoyish etilgan tizerdan soʻng elektron duet Daft Punk bilan hamkorlikni tasdiqladi.
Gʻoyani RobotRock taxallusli foydalanuvchi taklif qilgan. U bir necha yil davomida LEGO Ideas platformasining «Parking» boʻlimida boʻldi. Bu boʻlimda tanlab olingan loyihalarga yakuniy qaror chiqarilishidan oldin qoʻshimcha koʻrib chiqish vaqti beriladi.
LEGO, shuningdek, Daft Punk bilan kengroq hamkorlikni eʼlon qildi va musiqachilarning brend olamida paydo boʻlishi haqida video chiqardi. Bu toʻplamdan tashqari boshqa qoʻshma loyihalar ham boʻlishi mumkinligidan dalolat berishi mumkin.


