Google 2027-yilda Nest ilovasi va kolonka hamda displeylardagi Google Assistantʼni toʻxtatadi
Google Nest ilovasini 2027-yil 25-yanvarda oʻchiradi, 2-avgustda esa kolonkalar va displeylardagi Google Assistantʼni Gemini for Home bilan almashtiradi.

Nest ilovasi Android, iOS va vebda ishlamay qoladi. Qurilmalarni masofadan boshqarish va bildirishnomalar uchun Google akkaunti bilan Google Home kerak boʻladi. Sozlamalar va jadvallar avtomatik koʻchadi, termostatlar, kameralar, eshik qoʻngʻiroqlari, tutun datchiklari va qulflar qoʻllab-quvvatlanishi davom etadi.
Nest qurilmalarini Google Home, vidjetlar, Android boshqaruv paneli, televizorlar, aqlli soatlar, displeylar, kolonkalar va home.google.com orqali boshqarish mumkin. Google funksiyalarni bitta ilovaga birlashtirayotganini va kamera translyatsiyalarini yuklashni yangilaganini aytdi. home.nest.com foydalanuvchilari qoʻlda yaratilgan videokliplarni oldindan yuklab olishi kerak: ular koʻchirilmaydi. Buning uchun «Download All» tugmasi bor.
Birinchi avlod Nest Aware obunalari qoʻshimcha toʻlovsiz va bank kartasi maʼlumotlarini qayta kiritmasdan Google Home Premiumʼga avtomatik oʻtkaziladi. Kolonkalar va aqlli displeylarda Google Assistant oʻrnini Gemini for Home egallaydi. U murakkabroq savollarni, jumla oʻrtasidagi pauza va aniqlashtirishlarni tushunadi, suhbat kontekstini saqlaydi. Unga hozir Google Homeʼning soʻnggi versiyasi yoki home.google.com/gemini orqali oʻtish mumkin; xalqaro ishga tushirish yaqin oylar ichida kengayadi.



