RUUZEN
IT

Microsoft 74 mamlakatdagi keng koʻlamli uzilishdan soʻng xizmatlari faoliyatini tikladi

Kompaniya nosozliklarning asosiy sababini bartaraf etdi va Microsoft 365 xizmatidan barcha zarar koʻrgan mijozlar foydalanishini tikladi.

16-noyabr, 10:42По-русски

Read in English

Microsoft 74 mamlakat va hududdagi foydalanuvchilarga taʼsir koʻrsatgan keng koʻlamli texnik uzilishdan soʻng oʻz xizmatlari toʻliq tiklanganini maʼlum qildi. Kompaniya nosozliklarning asosiy sababini bartaraf etdi va muammolarga duch kelishda davom etgan mijozlar uchun platformaga kirishni tikladi.

Bir kun avval foydalanuvchilar Microsoft xizmatlari faoliyatidagi uzilishlar haqida ommaviy ravishda xabar bergan edi. Downdetector maʼlumotlariga koʻra, shikoyatlar oʻnlab mamlakatlardan kelib tushgan. Kompaniya tiklash ishlari yakunlanganini Microsoft 365 xizmat platformasi orqali tasdiqladi.

Microsoft vitse-prezidenti Charlz Lamanna hodisaga xakerlik hujumi yoki boshqa tashqi aralashuv sabab boʻlmaganini alohida taʼkidladi.

Hodisadan soʻng korporatsiya aksiyalari taxminan 3 foizga pasaydi.