Meta Direct nomli yangi mustaqil messenjer ilovasini sinovdan oʻtkazmoqda
Meta shaxsiy va guruh chatlari uchun Instagramʼning alohida ilovasi Directʼni taqdim etdi. U Turkiya va Tailandda iOS hamda Androidʼda sinovdan oʻtkazilmoqda.

Ilova Instagramʼdagi yozishmalarni alohida makonga koʻchiradi. Foydalanuvchilar oʻsha foydalanuvchi nomi va parol bilan kirishi mumkin — shunda mavjud chatlar ikki xizmat oʻrtasida sinxronlanadi. Elektron pochta yoki telefon raqami orqali ham roʻyxatdan oʻtish mumkin. Instagram akkauntisiz foydalanuvchi bilan suhbat boshlash yoki uni guruhga qoʻshish faqat kontaktlar uchun ochiq; odamni aniq foydalanuvchi nomi yoki QR-kod orqali qoʻshish mumkin.
Directʼda chatning oʻzida rasm chizish, kiruvchi xabarlar yuqori qismiga eslatmalar joylash, foydalanuvchi stikerlari, ovoz effektlari va yozishmalarni bezash uchun vizual mavzular mavjud. Chatni boshlash yoki guruhga qoʻshish faqat kontaktlar va foydalanuvchiga allaqachon tanish boʻlgan odamlarga ruxsat etiladi. Ularni bloklash, cheklash yoki oʻchirish, shuningdek, ular haqida shikoyat qilish mumkin.
Directʼdan 13 yoshdan boshlab foydalanishga ruxsat beriladi. Meta bu yoshga toʻlmagan bolalarning ehtimoliy akkauntlarini aniqlab, tasdiq soʻrashini bildirdi; tasdiq boʻlmasa, akkaunt oʻchiriladi. Instagram orqali kirgan oʻsmirlarga Teen Accountsʼdagi ayni cheklovlar va himoya choralari tatbiq etiladi.



