NASA jamoalari SR-1 Freedom missiyasi arxitekturasini tasdiqladi
NASA SR-1 Freedom missiyasi tahlilini yakunlab, apparatning asosiy elementlarini tasdiqladi. Uchirish 2028-yil oxiriga rejalashtirilmoqda; missiya uzoq kosmosda yadro-elektr itki tizimini ilk bor namoyish etadi.

SR-1 Freedom Marsga uchta yangi avlod vertolyoti joylashtirilgan SkyFall kapsulasini yetkazishi kerak. Apparat yadro va quyosh energiyasidan foydalanadi. Qoʻngach, vertolyotlar sayyoraning geologiyasi va iqlim tarixini oʻrganadi, yangi hududlarni tadqiq etadi hamda yerosti muzlarini izlaydi.
Yangilangan konstruksiyada reaktorni asosiy korpusdan ajratib turuvchi shtanga qisqartirildi. Bu massani kamaytiradi va yigʻishni soddalashtiradi. Takomillashtirilgan himoya tufayli reaktorni elektronika va foydali yuk uchun qoʻshimcha xavf tugʻdirmagan holda boshqa tizimlarga yaqinroq joylashtirish ham mumkin.
NASA Jons Hopkins universitetining Amaliy fizika laboratoriyasiga yadro moduli uchun issiqlikni chiqarish tizimini ishlab chiqishga 39,3 mln dollar miqdorida shartnoma berdi. Tizim yaratiladi, sinovdan oʻtkaziladi va parvoz uchun zarur uskunalar tayyorlanadi; loyihaning tijoriy hamkori Advanced Cooling Technologies boʻladi.
Yer atrofidagi orbitadan chiqqach, reaktor quvvatini bosqichma-bosqich oshiradi va apparat ishlashi haqidagi maʼlumotlarni Yerga uzatadi. Shundan soʻng SR-1 Marsga parvoz vaqtida quyosh energiyasiga oʻtadi, SkyFall sayyora orbitasiga yetkazilgach esa qoʻshimcha sinovlar uchun reaktor qayta ishga tushiriladi.



