Google qidiruvidagi AI funksiyasi alohida inkognito rejimiga ega boʻlmoqda
AI Modeʼda tarixda saqlanmasligi yoki kelajakdagi tavsiyalarga taʼsir qilmasligi kerak boʻlgan soʻrovlar uchun vaqtinchalik rejim paydo boʻldi.

Google AI Modeʼda vaqtinchalik suhbatlarni joriy eta boshladi — akkauntga bogʻlanmagan savollar va qidiruv uchun alohida sessiyalar. Sozlamalarni oʻzgartirish shart emas: AI Modeʼning yuqori oʻng burchagidagi vaqtinchalik suhbat belgisini bosish kifoya.
Bunday sessiyada javoblar avvalgi afzalliklarni hisobga olmaydi, suhbat esa tarixda saqlanmaydi va kelajakdagi shaxsiylashtirish uchun ishlatilmaydi. Suhbat yopilgach, u yoʻqoladi va foydalanuvchi odatiy qidiruvga qaytadi.
Funksiya kompyuterlar va mobil qurilmalardagi brauzerlarda butun dunyo boʻylab joriy etilmoqda. U AI Mode qoʻllab-quvvatlaydigan barcha tillarda mavjud.



