Google olam yaratuvchi Genie 4 AIʼiga kirishni ochdi: olamlarni jarayonda oʻzgartirish mumkin
Google Project Genieʼda Genie 4’ga kirishni ochdi: endi AI yaratgan virtual olamlarni tadqiqot paytida oʻzgartirish mumkin. Yangilanish AI Ultra tarifida mavjud.

Yangilanish doirasida Google virtual makonlar yaratishga yordam beradigan Genie 3 agentini ham takomillashtirdi va hamjamiyat galereyasini ishga tushirdi. Project Genie olamlar yaratish modellarini Gemini bilan birlashtiradi: foydalanuvchi brauzer orqali yaratilgan makonga kirib, uni tabiiy tildagi matnli buyruqlar bilan oʻzgartirishi mumkin.
Google maʼlumotiga koʻra, Genie 4 olamlar yaratish uchun kompaniyaning eng realistik va interaktiv modeliga aylandi. Tadqiqot paytida ob-havoni oʻzgartirish, personaj qoʻshish yoki harakatlar yoʻnalishini oʻzgartirish mumkin. Uzoqroq sessiyalar va panoramali tasvirlar bilan ishlash uchun Genie 3 ham saqlab qolindi: bitta olamning davomiyligi 60 soniyadan uch daqiqagacha oshirildi. Bir nechta olamni zanjirga ulash, atrof-muhitni esa 360° koʻrinishdagi panoramalar asosida shakllantirish mumkin.
Galereyada foydalanuvchilar yaratgan olamlar va sinovchilarning hamkorlikdagi loyihalari jamlangan. Ularni oʻrganish, qayta ishlash va tuzilmasi, musiqasi hamda boshqa elementlarini oʻzgartirib toʻldirish mumkin.



