Acer Predator Atlas 8 sharhi: biroz qulayroq narxda yuqori unumdorlik
Acer Predator Atlas 8 MSI Claw 8 EX AI+ dagi Intel Arc G3 Extreme chipiga ega, ammo narxi $1 450 — $350 ga arzon.

Sharhda Predator Atlas 8 MSI Claw 8 EX AI+ bilan taqqoslandi. Qurilma 512 GB saqlash xotirasi va 24 GB operativ xotiraga ega, MSI modelida esa bu koʻrsatkichlar 1 TB va 32 GB. Shunga qaramay, oʻyinlardagi unumdorlik farqi kichik boʻldi.
Cyberpunk 2077 oʻyinida 35 Vt quvvat, FHD ruxsat, oʻrtacha grafik sozlamalari va XeSS Performance rejimida Atlas 8 soniyasiga 88 kadr, Claw 8 EX AI+ esa 95 kadr koʻrsatdi. Returnalʼda 15 Vt quvvatda natijalar deyarli bir xil boʻldi: Acerʼda 60, MSIʼda 59 kadr/soniya.
Atlas 8 120 Gts yangilanish chastotasi va 500 nit yorqinlikka ega 8 dyuymli TFT-ekran bilan jihozlangan. Korpusda Thunderbolt 4’ni qoʻllab-quvvatlaydigan ikkita USB-C porti, microSD uyasi, audioport va barmoq izi skaneri bor. Modelda USB-A porti yoʻq, yuqori ovoz balandligida esa dinamiklar tovushni buzadi.
80 Vt·soat sigʻimli batareya World of Warcraft: Forever oʻyinida kadrlar tezligi 90 dan yuqori boʻlgan holda 1 soat 45 daqiqa ishlashni taʼminladi. Talab darajasi pastroq boʻlgan Warhammer Survivorsʼda qurilma uch soatdan koʻproq ishladi. Har ikki sinov 30 Vt quvvatli muvozanatlangan rejimda oʻtkazildi.



