Google Android 17 QPR2’ni Pixel smartfonlari uchun muddatidan oldin chiqardi
Yangilanish noyabrdagi Feature Drop bilan birga chiqdi va 200 dan ortiq xavfsizlik zaifligini bartaraf etadi.

Google Android 17 QPR2’ni kutilgan muddatdan bir oy oldin tarqata boshladi. Yangilanish noyabr oyidagi xavfsizlik patchi bilan birga Pixel 6a va undan keyingi modellar, jumladan Pixel 7–11 qatorlari, buklanadigan smartfonlar hamda Pixel Tablet uchun mavjud.
Proshivka kamera, Bluetooth, audio tizimi, akkumulyator, tarmoqqa ulanish va foydalanuvchi interfeysi ishlashidagi muammolarni tuzatadi. Shuningdek, ishlab chiquvchilar bildirishnomalarni koʻrsatish, ilovalar oʻrtasida navigatsiya qilish, virtual klaviatura ishlashi va animatsiyalar ravonligi bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etgan.
1 noyabrdagi noyabr xavfsizlik patchi 135 ta zaiflikni, 5 noyabrdagi versiya esa yana 97 ta zaiflikni bartaraf etadi. Aniqlangan muammolarning xavflilik darajasi yuqoridan kritik darajagacha. Bundan tashqari, Google qurilmalari uchun alohida byulletenda xavfsizlik boʻyicha yana 166 ta tuzatish keltirilgan.
Yangilanish bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. Foydalanuvchilar uni rasmiy OTA paketlari yordamida qoʻlda ham oʻrnatishlari mumkin.



