Google App Lockʼni Pixelʼga qaytardi, Samsung esa One UI 9.5’ga qoʻshdi
Google Android 17 beta-versiyasida Pixel uchun App Lockʼni qaytardi, Samsung esa Galaxy uchun One UI 9.5 beta-versiyasiga bu funksiyani qoʻshdi.

App Lock ilovalarni biometrik himoya yoki PIN-kod ortiga yashiradi. Tizim bildirishnomalar, vidjetlar va ilova maʼlumotlarini sunʼiy intellekt xizmatlaridan ham yashiradi.
Google Pixel smartfonlarida bu funksiya hozircha faqat Android 17 QPR3 Beta 3’da mavjud. Uni tizimning barqaror versiyasiga 2027 yil boshida oʻtkazish rejalashtirilgan. Ilovani bloklash roʻyxatiga qoʻshish uchun uning belgisini uzoq bosish kerak.
App Lock dastlab Android 17 QPR2 beta-versiyasining avgust oyidagi yigʻilmasida paydo boʻlgan. Biroq Google uni takomillashtirish va sinovdan oʻtkazish uchun keyingi yangilanishlardan olib tashlagan. Keyin funksiya QPR3 Beta 3’da qaytdi.
App Lockʼni qoʻllab-quvvatlash One UI 9.5 beta-versiyasida ham paydo boʻldi. Bu qobiq, ehtimol, Android 17 QPR2 asosida yaratilgan, shuning uchun funksiya Galaxy S27’da qurilmalar chiqarilishi bilanoq paydo boʻlishi mumkin. Pixelʼda esa u keyinroq — taxminan 2027 yil martida — mavjud boʻladi. Eski Galaxy modellari uchun One UI 9.5 yangilanishi Samsung One UI 8.5’da qoʻllagan jadvalini saqlab qolsa, may oyidan oldin kutilmaydi.



