Nega vodorod alangasi toʻq sariq boʻlib, keyin deyarli yoʻqolishi mumkin
Adelaide University tadqiqotchilari vodorod alangasi koʻrinishi havodagi natriyga bogʻliqligini aniqladi. Bu maishiy jihozlar uchun ishonchliroq nazorat tizimlarini yaratishga yordam beradi.

Olimlar bir xil sozlamadagi vodorod gorelkasi nega yorqin toʻq sariq yonishi yoki deyarli koʻrinmay qolishini aniqladi. Bunga havodagi natriy zarralari, jumladan, shamol quruqlik ichkarisiga olib kiradigan dengiz tuzi sabab boʻladi.
Jamoa laboratoriyada va Adelaida hududida ochiq havoda sinovlar oʻtkazdi. Ikki hafta davomida gorelka parametrlarini oʻzgartirmay, alanga nurlanishini oʻlchadi. Natriyga oid signalning minimal va maksimal qiymatlari 28 martadan koʻproq farq qildi. Dengiz ustidan oʻtgan havo odatda alangani yorqinroq va toʻq sariqroq qilgan, natriy miqdori kamroq boʻlganda esa alanga ancha xiralashgan.
Vodorod alangasi qulay sharoitlarda ham oddiy gaz plitasi alangasidan oʻrtacha kamroq koʻrinadigan yorugʻlik chiqardi. Xira koʻk va qizil tuslar qorongʻida yaxshiroq koʻrinadi, shu bois ular odatiy yorugʻlikda gorelkani nazorat qilishga har doim ham mos kelavermaydi.
Adelaide University professori Pol Meduell maishiy jihozlar faqat alanga rangiga tayanmasligi kerakligini aytdi. Mumkin boʻlgan yechimlar qatorida ultrabinafsha va infraqizil datchiklar, shuningdek, harorat sensorlari bor. Ish Next Energyʼda eʼlon qilindi; unda University of New South Wales va Gas Infrastructure Research Australia mutaxassislari ham qatnashdi.



