RUUZEN
Gadjetlar

HMD 110 dollarlik AI yordamchili Rise smartfonini taqdim etdi

HMD Hindistonda ovozli AI yordamchiga ega Rise smartfonini taqdim etdi. Sotuvlar 2 dekabrda Flipkartʼda 10 000 rupiy, yaʼni taxminan 110 dollardan boshlanadi.

28-noyabr, 21:02По-русски

Read in English

ixbt.com

HMD Rise 5 megapikselli selfi kamerasi uchun tomchisimon kesikka ega 6,52 dyuymli IPS ekran bilan jihozlangan. Orqa panelda 13 MPʼlik bitta kamera oʻrnatilgan.

Smartfon Unisoc 9863A platformasida ishlaydi, 4 GB tezkor va 64 GB ichki xotiraga ega. Boshqa xususiyatlari qatorida 5 000 mA·soat sigʻimli akkumulyator, Android 16 Go Edition, quloqchinlar uchun 3,5 mm razʼem va ovozli AI yordamchi bor.

Kompaniya model uchun xavfsizlik yangilanishlarini ikki yil davomida chiqarishni vaʼda qilmoqda. Qurilma Hindiston bozorida 2 dekabrda paydo boʻladi; uni Flipkart orqali xarid qilish mumkin boʻladi.