Sauron nihoyat «Hokimiyat uzuklari»ning uchinchi mavsumida Yagona uzukni taqadi
Yangi qismlar premyerasi 11-noyabr kuni Prime Videoʻda boʻlib oʻtadi
22-oktabr, 14:25По-русски

cdnrrviubnyuntopbez5.svc.cdn.yandex.net — Кадр из сериала «Властелин колец: Кольца власти»
«Uzuklar hukmdori: Hokimiyat uzuklari» serialining uchinchi mavsumi uchun rasmiy treyler chiqdi. Rolikda Galadriel, Elrond va Gandalf Oʻrta Yer kuchlarini birlashtiradi, Sauron esa oʻz qoʻshinlarini jangga boshlab boradi. Bu paytda qahramonlar oʻrtasida romantik munosabatlar rivojlanadi.
Voqealar ikkinchi mavsumdagi hodisalardan bir necha yil oʻtib boshlanadi. Sauron urushda ustunlikka erishish va Oʻrta Yer xalqlarini oʻz irodasiga boʻysundirish uchun Yagona uzukni yaratishga intiladi.
Shou-rannerlar va ijrochi prodyuserlar Jey Di Peyn hamda Patrik Makkey yangi mavsum yanada qorongʻi va xavfliroq boʻlishini maʼlum qildi.



