Flipper One — Ethernet va Wi-Fi 6Eʼga ega choʻntak Linux-kompyuteri
Flipper Devices Kickstarterʼda kampaniya boshladi: Flipper Oneʼni 399 dollarga buyurtma qilish mumkin, xaridorlarga joʻnatmalarni esa 2027 yil iyulida boshlash kutilmoqda.

Flipper One — Linux bazasida ishlaydigan choʻntak kompyuteri boʻlib, kompaniya uni yuqori unumli hisoblashlar va IP-tarmoqlar uchun koʻp funksiyali vosita sifatida taqdim etmoqda. Bu alohida mahsulot, Flipper Zeroʻning vorisi emas.
Qurilma NPU va GPUʼga ega sakkiz yadroli RK3576 ARM-protsessori bilan jihozlangan. Interfeyslar qatoridan ikkita gigabitli Ethernet-porti, PCIe, SATA va USB 3.0, shuningdek, Wi-Fi 6E qoʻllab-quvvatlashi oʻrin olgan. M.2 slotiga turli modullarni, jumladan 5G-modem va mesh-tarmoqlar uchun LoRa radiomodulini oʻrnatish mumkin.
Flipper One ochiq proshivkaga ega Debian Linux bazasidagi Flipper OS operatsion tizimida ishlaydi. Foydalanuvchilar qurilma uchun oʻz ilovalari va vositalarini ishlab chiqishlari mumkin boʻladi. Kompyuterni USB-C yoki HDMI orqali tashqi displeyga ulash mumkin; kompaniya undan tarmoq diagnostikasi va televizorda media-kontentni ijro etish uchun foydalanish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda.



