RUUZEN
Internet

YouTube «Yoqtirmaslik» tugmasini yashirmoqchi emasligini bildirdi

U faqat mualliflar uchun uch nuqtali menyuga koʻchirilishi mumkin

23-oktabr, 11:43По-русски

YouTube vakili Kimberli Teylor bu oʻzgarish oddiy foydalanuvchilarga taʼsir qilmasligini aniqlashtirdi: ular uchun tugma avvalgi joyida qoladi va uch nuqtali menyuga koʻchirilmaydi.

Mualliflar yuklagan videolari sahifalarida bu tugmadan uch nuqtali menyu orqali foydalanishlari mumkin boʻladi. YouTube dizlayklar ommaviy hisoblagichini 2021-yilda yashirgan va bu qarorni foydalanuvchilarni taʼqib qilishning oldini olish istagi bilan izohlagan; toʻliq koʻrsatkichlar esa boshqa analitika maʼlumotlari bilan birga Studioʻda hanuz mualliflar uchun mavjud.

Yana oʻqing