RUUZEN
Kino va striming

«Qasoskorlar: Intiho»ning kengaytirilgan versiyasi Disney+da 13-noyabrda chiqadi

Disney yaqinda kinoteatrlarga qaytgan, qoʻshimcha va olib tashlangan sahnalar kiritilgan filmning raqamli reliz sanasini eʼlon qildi.

12-noyabr, 12:18По-русски

Read in English

Disney «Qasoskorlar: Intiho» filmining kengaytirilgan versiyasini 13-noyabrda Disney+ striming platformasida chiqaradi. Yangilangan montajga filmning 2019-yildagi asl versiyasiga kiritilmagan qoʻshimcha va olib tashlangan sahnalar qoʻshilgan.

Raqamli reliz filmning kinoteatrlarga qayta chiqarilganidan bir yarim oy oʻtib amalga oshadi. Qayta namoyish tufayli kartinaning jahon prokatidagi tushumi $2,94 mlrd.dan oshdi. Shu tariqa u yana «Avatar»dan oʻzib ketib, tarixdagi eng koʻp daromad keltirgan film nomini qaytarib oldi.

Filmning qayta namoyishi franshizaning navbatdagi qismi — «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» premyerasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi. Yangi filmning chiqishi 18-dekabrga rejalashtirilgan.