RUUZEN
IT

JEDEC DDR6 xotirasining dastlabki parametrlarini eʼlon qildi

JEDEC DDR6 haqida dastlabki maʼlumotlarni eʼlon qildi: modullar qisqaroq, oʻtkazish qobiliyati esa DDR5nikidan 50 foizdan koʻproq yuqori boʻlishi mumkin.

19-noyabr, 11:37По-русски

Read in English

3dnews.ru

Yangi standart doirasida standart DDR5 DIMMʼning 133 mm uzunligiga nisbatan 74 mm li modul koʻrib chiqilmoqda. Bu qariyb 44 foizga qisqaroq boʻlib, ayniqsa serverlarda, ona platasida xotirani zichroq joylashtirish imkonini berishi mumkin. Biroq JEDEC barcha modullar aynan shunday oʻlchamda boʻlishini taʼkidlamaydi.

Tashkilot RDIMM, UDIMM va CAMM kabi bir nechta formatni oʻrganmoqda. DDR6’da zichligi 128 Gbitgacha, yaʼni bitta kristallda 16 Gbaytgacha boʻlgan DRAM kristallarini qoʻllab-quvvatlash ham koʻzda tutilgan. Koʻp qatlamli joylashtirish texnologiyalari modulni kengaytirmasdan sigʻimni oshirishi kerak.

DDR6 RDIMM uchun 12,8 GT/s dan boshlanib, 14,4 GT/s va undan yuqoriga koʻtarilishi mumkin boʻlgan maʼlumot uzatish tezligi koʻrib chiqilmoqda. Shina kengligi 64 bitdan 96 bitgacha kengayishi, xotira banklari soni esa ikki baravar koʻpayishi kerak. JEDEC bahosiga koʻra, bu standart chiqarilgan paytda DDR5’ga nisbatan oʻtkazish qobiliyatini 50 foizdan koʻproq oshiradi, biroq ilovalar ham xuddi shuncha tezlashishini kafolatlamaydi.