RUUZEN
Kino va striming

Netflix Tupac Shakurning ilgari ommaga taqdim etilmagan intervyusini chiqaradi

Toʻrt qismdan iborat loyihada reperning radio boshlovchi Angie Martinez bilan oʻlimidan bir necha oy oldin yozib olingan suhbati namoyish etiladi.

12-noyabr, 16:46По-русски

Read in English

Netflix 27-noyabr kuni Tupac Shakurning ilgari ommaga taqdim etilmagan intervyusiga bagʻishlangan The Tupac Tapes With Angie Martinez nomli toʻrt qismdan iborat loyihani namoyish etadi. Suhbat 1996-yilda, reper AQShning Sharqiy va Gʻarbiy sohillari musiqiy sahnalari oʻrtasidagi qarama-qarshilik markazida boʻlgan paytda boʻlib oʻtgan.

Intervyuni amerikalik radio boshlovchi Angie Martinez yozib olgan, biroq oʻsha paytda ayrim bayonotlar yangi mojarolar va zoʻravonlikni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirlanib, yozuvni eʼlon qilmaslikka qaror qilgan. Musiqachi vafot etganidan keyin materialni eʼlon qilish qarori yanada murakkablashgan.

Endi Martinez bu suhbat tarixiy ahamiyatga ega va jamoatchilik eʼtiboriga loyiq, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, loyiha ijodkorlari reperning shov-shuvli bayonotlarini shunchaki namoyish etish bilan cheklanmay, suhbat qanday sharoitda boʻlib oʻtganini ham tushuntirmoqchi.

Serialda Charlamagne tha God, RZA, Joe Budden, Monie Love, Lil Cease, Matt Barnes va musiqa industriyasi hamda hip-hop madaniyatining boshqa vakillari ham qatnashadi.