RUUZEN
Smartfonlar

Yangi iPhone chizmalari uning chiqishidan olti oy oldin internetda paydo boʻldi

Internetda ularning soxta yoki haqiqiy ekani haqida bahslar ketmoqda

20-oktabr, 16:37По-русски
x.com — @MajinBuofficia

X ijtimoiy tarmogʻida @MajinBuofficia foydalanuvchisi joylagan chizmalarga koʻra, asosiy modelda gorizontal kamera bloki paydo boʻlgan, teleobʼyektivsiz ikkita 48 megapikselli kamera esa saqlanib qolgan.

Kutilayotgan xususiyatlar qatorida Apple A20 chipi, 256 GB dan boshlanadigan xotira va 18 megapikselli old kamera bor. Shuningdek, smartfon IP68 himoyasiga ega boʻlishi aytilmoqda.

Asosiy model 2027-yil bahorida taqdim etiladi, standart versiyani ishlab chiqarish esa noyabr oxirida boshlanishi mumkin. Bu maʼlumotlarni @MajinBuofficia ismli insayder ham tarqatgan.

Yana oʻqing