Microsoft 2027-yilda To Doʻni yopadi, biznes Plannerʼga oʻtishi kerak boʻladi
Microsoft To Do ilovalari 2027-yil 30-iyunda yopilishini eʼlon qildi. Biznes Plannerʼdan foydalanishi kerak boʻladi, vazifalar avtomatik koʻchirilmaydi; shaxsiy akkaunt egalari boshqa xizmatni tanlashi kerak.

Microsoft Copilot va Microsoft 365 uchun vazifa va rejalarni yagona tizimga birlashtirish haqidagi maqolasida To Doʻdan voz kechishini maʼlum qildi. Korporativ foydalanuvchilar Plannerʼga oʻtishni kelasi yozdan boshlaydi, biroq kompaniya ularning vazifalarini avtomatik koʻchirmaydi.
Shaxsiy Microsoft akkauntlariga ega foydalanuvchilarga boshqa ilovani tanlash taklif qilindi: Planner Microsoft 365’ning shaxsiy va oilaviy obunalariga kirmaydi. To Doʻdan farqli ravishda, Plannerʼning kompyuter uchun alohida ilovasi yoʻq — xizmat brauzer, Teams yoki Outlook orqali ishlaydi. Unda To Doʻda mavjud boʻlgan ayrim sinxronlash va maʼlumot almashish funksiyalari ham yoʻq. Microsoft vazifalarni avtomatik eksport qilish yoki maʼlumotlarni koʻchirishda yordam berishini eʼlon qilmadi.



