Apple Siriʼni har bir qadam uchun alohida buyruqsiz vazifalarni bajarishga oʻrgatmoqchi
Apple bosh direktori Jon Ternus Siriʼni rivojlantirishni tezlashtirish va OpenAI Dots hamda Meta✴ Muse bilan raqobatlasha oladigan sunʼiy intellekt agentini yaratishni talab qilmoqda

Ternus dasturiy taʼminotni ishlab chiqish rahbari Kreyg Federigini Siriʼni rivojlantirishni tezlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Bloomberg jurnalisti Mark Gurman Power On axborotnomasida maʼlum qildi. Apple yordamchi har bir harakat uchun alohida buyruqsiz, bir necha bosqichdan iborat va muntazam takrorlanadigan vazifalarni bajara olishini istamoqda.
Gurmanning maʼlumotlariga koʻra, yaqin oradagi yangilanishlar Siriʼning Apple ilovalaridagi imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan, yordamchi «Photos» ilovasida suratlarni burishi va qirqishi, Safariʼda esa varaqlarni tartibga solishi mumkin boʻladi. Bu funksiyalar iOS 27.3’da paydo boʻlishi mumkin.
Gurman bahorda uchinchi tomon ilovalarini qoʻllab-quvvatlash kengayishini kutmoqda. U misol sifatida Grubhub orqali ovqat buyurtma qilish va OpenTable orqali stol band qilishni keltiradi.
Keyingi bosqich — yordamchi qayta-qayta murojaat qilishi kerak boʻladigan vazifalar bilan ishlash. Gurman bu yoʻnalishni OpenAI Dots, Meta Muse va Grok bilan taqqoslaydi. Bunday yordamchilar maqsadni kuzatishi, keyingi qadamni aniqlashi va har bir bosqichda yangi koʻrsatmalarsiz ishni davom ettirishi mumkin. Jurnalistning baholashicha, Siri bunday imkoniyatlarga 2027-yilning oʻzidayoq ega boʻlishi mumkin.



