RUUZEN
Ilm-fan

Yaponiya «raketa yoqilgʻisi»ni izlash uchun oy roverini tayyorlamoqda

JAXA raketa yoqilgʻisi ishlab chiqarishga yaroqli suvni izlash uchun 2028-yilda Oyning janubiy qutbiga yuborish rejalashtirilayotgan LUPEX oy roveri prototipini taqdim etdi.

26-noyabr, 11:35По-русски

Read in English

ixbt.com

Missiya Hindiston bilan hamkorlikda yaratilmoqda: Hindiston tomoni qoʻnish modulini, Yaponiya esa roverni ishlab chiqadi. Avvalroq Hindiston Oyning janubiy qutbi yaqiniga apparatni muvaffaqiyatli qoʻndirgan edi.

LUPEX doimiy soyada qoladigan, suv muzi boʻlishi mumkin boʻlgan hududlarni tadqiq qiladi. Apparat uning hajmi va tarkibini baholashi, shuningdek, burgʻulash uskunasi yordamida namunalar olishi kerak.

Taqdim etilgan namuna toʻrtta tayanch bilan jihozlangan. Hozir muhandislar uning yonbagʻirlarda qanday harakatlanishini, toʻsiqlardan qanday oʻtishini va vakuumda qanday ishlashini tekshirmoqda. Kelajakda Oydagi suvdan raketa yoqilgʻisi uchun zarur boʻlgan vodorod va kislorod olishda foydalanish mumkin.