BepiColombo sakkiz yillik parvozdan soʻng Merkuriy orbitasiga chiqishga tayyorlanmoqda
ESA va JAXAning BepiColombo apparati 10 mlrd km yoʻl bosib, Merkuriyga yaqinlashdi va orbitaga chiqish uchun 11 daqiqa ichida tezligini pasaytirishga tayyorlanmoqda. Shundan soʻng ikki apparat ajraladi.

Manyovr davomida BepiColombo tezligini Merkuriy tortish kuchi uni ushlab qoladigan darajagacha kamaytirishi kerak. Xatoga yoʻl qoʻyilsa, apparat sayyora yonidan uchib oʻtib ketishi mumkin. Missiya Merkuriy kraterlaridagi muzliklarni, uning yuzasidagi sirli botiqlarni va gʻayrioddiy darajada katta metall yadroni oʻrganishga yordam beradi.
Merkuriy kuchli quyosh nurlanishi taʼsirida boʻladi, uning yuzasidagi harorat esa kunduzi +430 °C dan kechasi −180 °C gacha oʻzgaradi. Yetib kelganidan bir necha hafta oʻtib, Yevropa apparati sayyorani yaqin masofadan oʻrganadi, Yaponiya apparati esa uni uzoqroq orbitadan kuzatadi.



