Valve Steam Machine narxi oshishi mumkinligidan ogohlantirdi
Valve 512 GB xotirali Steam Machine sotuvini boshladi, biroq komponentlar tanqisligi sabab narx oshishi mumkinligidan ogohlantirdi. 2 TB modeli ayniqsa cheklangan boʻladi.

Kompaniya 512 GB xotirali versiyaga berilgan barcha oldindan buyurtmalarni $1 049 narxda bajardi va qurilmalarni omborda mavjud ekan, istagan xaridorlarga sota boshladi. Sotuv tugagach, yangi kutish navbati ochilmaydi: model shunchaki omborda mavjud emas maqomini oladi.
$1 349 turadigan 2 TB xotirali Steam Machineʼga talab hozirgi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan oshib ketdi. Shu sababli Valve kutish roʻyxatini yopdi. Unda qolgan xaridorlar 512 GB versiyasini tanlashi mumkin, biroq shundan soʻng ular 2 TB modeli navbatidan chiqariladi.
Kompaniya vaziyatni komplektlovchi qismlar yetkazib berish cheklangani bilan izohladi. Uning aytishicha, detallar narxi «misli koʻrilmagan surʼatda» oshmoqda. Shu bois qancha qurilma ishlab chiqarish va ularni qaysi narxda sotish mumkinligi hozircha nomaʼlum. Valve qoʻshimcha maʼlumotni yanvar oyida taqdim etishga vaʼda berdi.



