RUUZEN
Gadjetlar

Digital Foundry GTA VI ish unumdorligini PS5, PS5 Pro va Xboxʼda taqqosladi

Mutaxassislar GTA VI grafikasini va kadrlar chastotasini toʻrtta konsolda baholadi. Eng yaxshi natijani PS5 Pro koʻrsatdi.

20-noyabr, 13:28По-русски

Read in English

3dnews.ru

Digital Foundry mutaxassislari Grand Theft Auto VI oʻyinining PlayStation 5, PS5 Pro, Xbox Series X va Series Sʼdagi texnik ijrosini oʻrgandi. Ularning baholashicha, Rockstar Games yuqori darajadagi tafsilotlar va keng koʻlamli simulyatsiyaga ega taʼsirchan ochiq dunyo yaratishga muvaffaq boʻlgan, biroq oʻyin ish unumdorligi muayyan murosalarni talab qiladi.

PS5 va Xbox Series Xʼda oʻyin 1440p aniqlikda ishlaydi, bu tasvirni silliqlash texnologiyalari yordamida 4K darajasigacha kengaytiriladi. PS5 Proʻda PSSR, qolgan konsollarda esa Rockstarʼning TAA texnologiyasi qoʻllanadi. Xbox Series Sʼda tasvirni 720pʼdan 1080pʼgacha kengaytirish uchun AMD FSR 4 ishlatiladi.

Barcha versiyalarda tezlik soniyasiga 30 kadr bilan cheklangan. PS5 Proʻda kadrlar chastotasi deyarli har doim shu darajada saqlanadi, baʼzan esa 24 FPS gacha tushadi. PS5 va Xbox Series Xʼda harakatlanish paytida koʻrsatkich 27 FPS gacha, eng murakkab sahnalarda esa 20 FPS gacha pasayadi. Vaziyat Series Sʼda eng yomon: odatda oʻyin 24–29 FPS tezlikda ishlaydi, ayrim epizodlarda esa bu koʻrsatkich 19 FPS gacha tushadi.

Shu bilan birga, mutaxassislar Series S versiyasi texnik soddalashtirishlarga qaramay, kuchliroq konsolning asosiy vizual xususiyatlarini saqlab qolganini qayd etdi.

Digital Foundry, shuningdek, Rockstar oʻyinlarini Grand Theft Auto IV davridan beri qiynab kelgan animatsiya ritmining notekisligi muammosi tuzatilganiga eʼtibor qaratdi.

Tahlil yakunlariga koʻra, mutaxassislar PS5 Proʻni oʻyin oʻynash uchun maʼqul platforma deb atadi, Xbox Series S versiyasini esa tavsiya qilish ancha qiyinligini bildirdi.