Bahsli Ferrari Luce elektromobilining 2027 yilgi ishlab chiqarishi sotilib boʻldi
Ferrari bosh direktori Benedetto Vigna Luceʼning 2027 yilgi butun ishlab chiqarish hajmi allaqachon xaridorlarga taqsimlanganini aytdi. Dastlabki yetkazib berishlar IV chorakda kutilmoqda.
4-noyabr, 16:22По-русски

Dizayner Jony Ive yaratgan besh oʻrinli elektromobilning narxi taxminan $615 000. Vignaning soʻzlariga koʻra, hozir buyurtma berganlar avtomobilni bir yil kutishiga toʻgʻri keladi.
Ferrari qancha dona Luce ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini oshkor qilmadi. Vigna xaridorlar tarkibini ham maʼlum qilmadi, faqat ular orasida turli mintaqalar va guruhlardan mijozlar borligini taʼkidladi.



