RUUZEN
Gadjetlar

Minecraftʼda 250 ta sunʼiy intellekt agenti yordamida Yerning haqiqiy hajmdagi nusxasi yaratildi

WorldCraft loyihasi haqiqiy geografik maʼlumotlarni Minecraftʼga koʻchirib, yoʻllar, binolar va landshaftlarni avtomatik tarzda yaratadi.

18-noyabr, 15:37По-русски

Read in English

championat.com

Ishlab chiquvchi Thijs WorldCraft loyihasini taqdim etdi. Loyiha doirasida sayyoramiz birga bir miqyosda qayta yaratilgan. Virtual Yerni worldcraft.gg serverida oʻrganish mumkin. Unga kirish uchun Minecraftʼning 26.2-versiyasi kerak boʻladi.

Loyihani yaratishda 250 dan ortiq sunʼiy intellekt agentidan foydalanilgan. Ular haqiqiy geografik maʼlumotlar asosida yoʻllar, binolar va tabiiy landshaftlarni avtomatik generatsiya qilish tizimini ishlab chiqdi. Sunʼiy intellekt katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va virtual dunyo modelining aniqligini oshirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, yana bir yirik loyiha — BuildTheEarth ham rivojlantirilmoqda. U doirasida Minecraftʼdagi rus tilida soʻzlashuvchi oʻyinchilar Rossiya, Belarus va Qozogʻistonni ham oʻz ichiga olgan ayrim mamlakatlarni qayta yaratmoqda.