Android Autoʻdagi yangi Gemini bilan nimalar qilish mumkin
Google Android Autoʻda Assistant oʻrnini Gemini bilan almashtirmoqda. Ayrim avtomobillarda yangilanish hali paydo boʻlmagan, biroq u yaqin vaqt ichida kelishi kerak.

Yangilanishdan soʻng ekranda odatiy mikrofon oʻrniga tovush toʻlqini yonida yulduz shaklidagi belgi paydo boʻladi.
Gemini navigatsiya boʻyicha murakkab soʻrovlarni tushunadi: masalan, avtomobildan tushmasdan xizmat koʻrsatadigan ochiq kafeni topadi, keyin esa uning yopilish vaqtini yoki safar vaqtini aniqlashtiradi. U yoʻnalish va boriladigan manzil haqidagi savollarga ham javob beradi, biroq faqat Google Maps maʼlumotlaridan foydalanadi va javobni bilmasa, buni tan oladi.
Assistant soʻnggi xabarni oʻqib beradi, javob yozishga yordam beradi, shuningdek guruh chatini yoki oʻqilmagan xabarlarni qisqacha bayon qiladi. Google Messages, Google Chat va WhatsApp qoʻllab-quvvatlanadi. Musiqa, podkast, radio va audiokitob ilovalarida ijroni boshqarish, ijrochilar, albomlar va pleylistlarni yoqish mumkin. Xizmatlar qatorida YouTube Music va Spotify tilga olingan.
Safar davomida Gemini biror mavzuni tushuntirishi, suhbatga tayyorlanishga yordam berishi, taom oʻylab topishi yoki bilimlarni tekshirishi mumkin. Bunda u suhbat kontekstini saqlab qoladi va uni boshqa qurilmalardagi ilova bilan sinxronlaydi. Shuningdek, kerakli joy uchun prognozlar hamda boriladigan manzildagi ob-havo haqida savollar berish imkoniyati mavjud.



